Служба поддержки
Заказать обратный звонокQor Malikasi
2 000 сум
Bir kuni u kayfi judayam chog’ligida shunaqangi bir ko’zgu yasaptiki, bu ko’zguda barcha yaxshi, go’zal narsalar juda kichrayib qolar, hamma yomon, xunuk narsalar esa kattarib, yanada jirkanchroq bo`lib ko’rinar ekan. Ajoyib gul-u gulzorlar xuddi suvda pishgan ismaloqqa o’xshab qolar, eng yaxshi odamlar esa mayib-majruh bo’lib ko’rinar, oyoqlari osmondan kelib qolar, qorinlari esa umuman yo’q bo’lib ketar ekan! Yuzlari tanib bo’lmas qiyofaga kirar, kimningdir betida jinday sepkilli bo’lsa, ishonaveringki, bu sepkillar uning burni-yu lablarini ham qoplab olar ekan. Agar birovning xayoliga yaxshi fikr kelib qolsa, bu fikr ko’zguda shu qadar buralib-chirmalib ko’rinar ekanki, jodugar o’zi topgan bu ermakdan dumalab-dumalab kular ekan.