Muhabbat sehri

6 000 сум
Bahodirona jussali, qahri qattiq jangchilarga zumrad monand yam-yashil vodiyning muloyim tabiatli odamlari, mo‘tadil ob-havosi, shifobaxsh suvlari, hosildor yerlari nihoyatda yoqib qolganidan ular shu o‘lkada butunlay qolmoqlikka ahd qilishibdi. Odamlari qo‘y og‘zidan cho‘p olmaydigan, yumshoq ko‘ngil, yovuzlikdan yiroq va qurol-yarog‘ tutishni mutlaqo bilmagani uchun tog‘ ortidan kelgan yovqur jangchilar o‘lkani kuch ishlatmay osongina zabt etishgan ekan.

Ne-ne qonli janglarda toblangan askarlar obdor sovutlarini yechib, bu yerlarning eng malohatli, yurishlari tovusdek xiromon qizlariga uylanishibdi. Ularning sardori – olijanob va dovyurak Ern o‘lkaga hukmdorlik qila boshlabdi. Qo‘rqmas va donishmand Ern taxtni faqat o‘z avlodiga qoldirish kabi mutlaq haq-huquqlarga ega ekan. Qadimda, soddadil insonlar davrida shu kabi voqealar bo‘lib turishi oddiy hol bo‘lgan ekan.