Ma`ruf Askofiy qissasi. Ming bir kecha ertaklari

Бесплатно
Скачать
Rivoyat qilishlaricha, ey saodatli shoh, Misrda bir yamoqchi o‘tgan ekan. U eski-tuski oyoq kiyimlarni yamab tirikchilik o‘tkazar ekan. Uning nomi Ma’ruf ekan. Uning Fotima degan bir xotini bo‘lib, laqabi manjalaqi ekan. U juda shallaqi, zahar, betsiz va fisqu fasod kovlovchi bo‘lgani uchun shu laqabni qo‘ygan ekanlar. U eri bechoraga kun bermas, bekordan-bekorga hadesa qarg‘ab-ilg`ab, dashnom berar ekan. Bechora er uning azobidan zirillar ekan. Yamoqchi esa or-nomusli, aqlli va mo‘min kishi ekan, lekin g‘oyat qashshoq ekan. U ko‘p topsa hammasini sarflar, kam topsa, xotini o‘sha kecha uning badanlarini o‘ymalar, qarg‘ayverib quloq-miyasini yer ekan.