Служба поддержки
Заказать обратный звонокBulbul
2 500 сум
Imperatorning saroyi dunyodagi eng yaxshi saroy ekan; chiroylilikka chiroyli-yu, ammo juda nozikligidan biror yeriga qo’l tegizib bo’lmas ekan. Imperatorning bog’ida eng anvoyi gullar o’sarkan, gullarning eng yaxshilariga kumush qo’ng’iroqchalar osilgan bo’lib,ular shabada esganda jaranglab, sayr etuvchilarning e’tiborini tortib, bahridilini ocharkan. Ana shunday ajoyib bog’ ekan bu! Bog’ uzoq-uzoqlarga cho’zilib ketganidan oxiri qayerdaligini hatto bog’bonning o’zi ham bilmas ekan. Bog’ning bir tomoni qalin o’rmonga tutashib ketgan bo’lib, ichkarisida chuqur kо’llar bor ekan va o’rmon moviy dengiz yoqasigacha cho’zilgan ekan. Kattakon daraxtlarning suv uzra osilib turgan shoxlari ostidan kemalar o’tarkan. Ana shu daraxtlarning qalin shoxlari orasida bir bulbul yasharkan. Bulbul shu qadar go’zal sayrar ekanki, uning qo’shig’ini eshitib o’tirgan kambag’al baliqchi o’zining qayg’u-tashvishlarini va suvga solgan to’rini ham unutib yuborarkan. U kutilmaganda: «Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!» deb uzun so’lish olar ekan. So’ng yana tirikchiligi esiga tushib, baliq tutish bilan mashg’ul bo’larkan. Ertasiga kechqurun baliqchi bulbul sayrog’ini eshitib yana: «Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!» deb yuborarkan.